“Harbiy qismda bir kun” loyihasi doirasida
Termiz garnizonidagi harbiy qismda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokida “Harbiy qismda bir kun” loyihasi start oldi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida tashkil etildi.
Loyihaning asosiy maqsadi yoshlarning harbiy sohaga qiziqishini oshirish, Vatan himoyachilarining kundalik xizmat jarayoni bilan yaqindan tanishtirish va ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida talabalar:
Talabalar harbiy xizmatchilar bilan muloqot jarayonida ular zimmasidagi mas’uliyat, jismoniy tayyorgarlik va intizom haqida ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Uchashuv yoshlarda Vatan himoyachilariga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirishga xizmat qildi.
