1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” mavzusida ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda OITSga qarshi kurashish markazi bosh vrach o‘rinbosari B. Safarov, OITSga qarshi kurashish markazi shifokori R. Qurbonov, universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i U. Choriyev hamda universitet talabalari ishtirok etdi.
Mutaxassislar tomonidan OIV infeksiyasining rivojlanishi, uning patogenezi, aholi orasida tarqalish xavfi, tashxislash usullari, kasallikning bosqichlari va unga qarshi profilaktika choralariga oid batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida talabalarga sog‘lom turmush tarzining afzalliklari — zararli odatlardan voz kechish, jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.