TISUda Hindistonlik professor dars o‘tmoqda
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Hindiston Milliy tadqiqot universitetining kimyo fanlari doktori, professor Denzil Britto ayni kunlarda tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga tibbiy kimyo va biokimyo fanlaridan ma’ruzalar o‘tmoqda.
Professor Britto o‘z darslarida tibbiyotga oid molekulalar, organizmdagi kimyoviy jarayonlar, dorilar tarkibi va ularning ta’siri kabi mavzularni sodda va tushunarli tarzda talabalarga yetkazmoqda. U o‘z tajribasi asosida amaliy misollar keltirib, talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.
Uchrashuvlar davomida talabalar xalqaro professor bilan bevosita suhbatlashish, savollar berish va o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish imkoniga ega bo‘lishmoqda.