AQSHning Missuri universiteti vakili Jennifer Johnson TISUda

AQSHning Missuri universiteti vakili Jennifer Johnson TISUda

  • 24.11.2025
  • 205
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi muhim tashrif amalga oshirildi. AQShning nufuzli Missuri universiteti vakili Jennifer Johnson TISUga tashrif buyurib, filologiya yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari uchun maxsus o‘quv kursini o‘tmoqda.

 

Tashrif doirasida Jennifer Johnson “Lesson planning and assessment” — ya’ni “Dars rejalashtirish va baholash” mavzusida amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni tashkil etmoqda. Ushbu kurs filologiya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar uchun zamonaviy metodik yondashuvlarni o‘rganish, dars jarayonini samarali tashkil etish hamda baholashning innovatsion usullarini amaliyotga joriy qilish imkoniyatini beradi.

 

Jennifer Johnson o‘quv seminarlarida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratmoqda:

  • dars rejasini to‘g‘ri tuzish va samarali tashkil etish;
  • interfaol metodlardan foydalanish;
  • talabalar faolligini oshirish;
  • baholash mezonlarini ishlab chiqish;
  • o‘quv jarayonida xalqaro standartlarga mos yondashuvlarni qo‘llash.

 

Shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida o‘qituvchilar bilan muhokama, guruhiy ishlar, amaliy topshiriqlar va real dars ssenariylari ustida ishlash kabi faol metodlardan foydalanilmoqda.