“Talabalar ligasi” sport musobaqalari
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida an’anaviy “Talabalar ligasi” sport musobaqalariga start berildi. Ushbu musobaqa doirasida yigit va qizlar o‘rtasida bir qator sport turlari bo‘yicha qizg‘in bahslar olib borilmoqda.
Mazkur liga universitet talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan.
Musobaqalarda talabalar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishmoqda:
Har bir fakultet jamoalari o‘zining eng kuchli sportchilarini safarbar qilgan bo‘lib, bellashuvlar yuqori kayfiyat va sportona raqobat ruhida o‘tmoqda.
Musobaqalarning dastlabki kunlaridanoq talabalar faolligi va qiziqishi yuqori ekani ko‘zga tashlanmoqda. Yigit va qizlar o‘z fakultetlari sha’nini munosib himoya qilish uchun bor kuchlarini ishga solib, sportga bo‘lgan qiziqishlari va mahoratlarini namoyon qilmoqdalar.
Tadbir tashkilotchilarining ta’kidlashicha, “Talabalar ligasi” nafaqat sport musobaqasi, balki do‘stlik, ahillik va sog‘lom raqobat maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu liga davomida ko‘plab iqtidorli yoshlar aniqlanib, universitet nomidan turli musobaqalarda ishtirok etish uchun saralab olinadi.






.jpg)