EDUHUB o'quv markazi tomonidan seminar

EDUHUB o'quv markazi tomonidan seminar

  • 24.11.2025
  • 222
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti qoshidagi EDUHUB o'quv markazi tomonidan shahar va tuman maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar uchun qisqa malaka oshirish seminari tashkil etildi. Mazkur seminar o‘qituvchilarning dars jarayonini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik metodlarni o‘zlashtirish va o‘quvchilar faolligini oshirishga ko‘maklashishni maqsad qilgan holda o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida EDUHUB jamoasi va Indoneziyalik mutaxassis Indiana Alwasilah tomonidan ishtirokchilarga zamonaviy o‘qitish usullari, baholash strategiyalari, sinfni boshqarish bo‘yicha samarali yondashuvlar hamda amaliy mashg‘ulotlar taqdim etildi. Tajribali mutaxassislarning ma’ruzalari va amaliy topshiriqlari orqali o‘qituvchilar o‘z faoliyatida qo‘llashi mumkin bo‘lgan yangi metodlar bilan yaqindan tanishdilar.

 

Seminar jarayonida pedagoglar faol muhokamalarda ishtirok etib, turli vazifalarni bajarish orqali tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ushbu jarayon ularning kasbiy mahoratini yanada mustahkamlashga, darslarni tashkil etishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llashga zamin yaratdi.