Universitet delegatsiyasi Severans klinikasida
TISU delegatsiyasining Koreya davlatiga tashrifi davom etmoqda. Tashrif doirasida TISU MED HUB vakillari Seuldagi Yonsey universitetining Severans shifoxonasiga tashrif buyurishdi.
Koreyaning eng yirik va nufuzli tibbiyot muassasalaridan biri bo‘lgan mazkur shifoxona tibbiy ta'lim, tadqiqot va davolashda muhim rol o'ynaydi va dunyoning yetakchi tibbiyot markazlaridan biri hisoblanadi. U 1885-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Shifoxonaning Onkologiya markazi 1969-yilda tashkil etilib, nafaqat Koreya balki, butun dunyodagi yetakchi davolanish maskani sifatida e’tirof etiladi. U yerda kuniga 10 ming nafardan ortiq bemor davolanadi.
Tashrif davomida klinikada davolanish jarayonlari, uning zamonaviy usullari, jumladan, robotlashtirilgan texnologiyalar bilan tanishildi. Klinikada mavjud Koreyadagi yagona bo‘lgan ionoterapiya uskunlari ko‘zdan kechirildi.
Uchrashuv davomida TISU MED HUB klinikasida onkologik kasalliklarni davolashda robototexnikalardan foydalanish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, universitetdagi tibbiyot yo‘nalishi talabalarini amaliyotga yuborish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


