“Eng faol yil talabasi” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan eʼlon qilingan “Eng faol yil talabasi” tanlovi doirasida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida OTM bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda universitetning turli fakultetlaridan 7 ta nominatsiya bo‘yicha 80 ga yaqin talaba ishtirok etish uchun o‘z hujjatlarini topshirishdi. Hakamlar hay’ati tomonidan nomzodlarning faoliyati, yutuqlari, ijtimoiy loyihalardagi ishtiroki hamda taqdim etilgan materiallar sinchiklab o‘rganildi.
Tanlovning universitet bosqichi talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat, ijtimoiy faollik va tashabbuskorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qildi. Endi eng yuqori baho to‘plagan nomzodlar keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.



