Koreyadagi samarali tashrif davom etmoqda
Universitet delegatsiyasining Koreyaga amalga oshirgan navbatdagi tashrifi o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi. Delegatsiya Koreyaning nufuzli Seojeong universitetida bo‘lib, u yerda kemasozlik, avtomobilsozlik, sun’iy intellekt, mehmonxona xo‘jaligi va turizm kabi zamonaviy yo‘nalishlarda olib borilayotgan o‘quv jarayonlari hamda ilmiy-amaliy faoliyat bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida delegatsiya Seojeong universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashib, ularning o‘qish jarayoni, sharoitlari va kelajak rejalari haqida samimiy suhbat o‘tkazdi. Talabalar xalqaro ta’lim muhitidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashib, mazkur hamkorlikning ular uchun ochayotgan imkoniyatlari haqida fikr bildirdilar.
Uchrashuvlar yakunida ikki oliygoh o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim hujjatlar imzolandi. Shuningdek, talabalar almashinuvi, malaka oshirish va ilmiy loyihalarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Seojeong universiteti — Janubiy Koreyaning Yanju shahrida joylashgan. Mazkur oliy ta’lim muassasasi 2000-yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatdagi eng yosh universitetlardan biri hisoblanadi. Mazkur oliygoh bir nechta ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.

