Koreyadagi Osan universiteti bilan memorandum imzolandi

Koreyadagi Osan universiteti bilan memorandum imzolandi

  • 22.11.2025
  • 160
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida delegatsiya a’zolari Osan universitetida ham bo‘lishdi.

 

 Uchrashuv davomida ikki oliygoh o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, tibbiyot, axborot texnologiyalari va maktabgacha taʼlim yo'nalishlari bo'yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti va Osan universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat kelgusida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi.