Bayrog‘imiz – g‘ururimiz, faxrimiz
Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati kengashi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Universitet rektori A. Absamatov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni ushbu qutlug‘ sana bilan tabrikladi.
Tadbir davomida iqtidorli talabalarning ijodiy chiqishlari, davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbat va vatanparvarlik tuyg‘ulari ifoda etilgan monologlar, she’riy kompozitsiyalar va kuy-qo'shiqlar ijro etildi.


.jpg)
