Talaba-qizlar salomatligi bo'yicha davra suhbati
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talaba-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarzi, gigiyena qoidalari hamda ayollar salomatligining muhim jihatlari bo‘yicha xabardor qilish maqsadida “Talaba-qizlar salomatligi” mavzusida mutaxassislar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Xirurgik fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Zarina Tillayeva — akusherlik va ginekologiya yo‘nalishi mutaxassisi, shuningdek Terapevtik fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, endokrinolog Muhayo Kattaboyeva o'z ma’ruzalari bilan qatnashdi. Ular tomonidan ayollar reproduktiv salomatligi, gormonal muvozanat, erta tashxisning ahamiyati, shaxsiy gigiyena madaniyati, stress va ovqatlanish bilan bog‘liq holatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, universitetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raislari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-qizlar ham tadbirda faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Tadbir davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Uchrashuv yakunida mutaxassislar muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishning, sog‘lom turmush tarziga amal qilishning ahamiyatini yana bir bor ta’kidladilar.


