TISU delegatsiyasi Koreyada

TISU delegatsiyasi Koreyada

  • 22.11.2025
  • 268
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasi Koreya texnologiya va ta’lim universitetiga tashrif buyurib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalarida muzokaralar olib bordi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish, shuningdek, pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

Ayniqsa, zamonaviy ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutayotgan axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalar yaratish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Mazkur uchrashuv ikki tomonlama akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi hamda raqamli ta’lim, innovatsion tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash sifati oshishiga zamin yaratadi.

 

Ma'lumot uchun: Korea university of technology and education (KOREATECH) — bu Koreyadagi texnik va kasbiy ta’limga ixtisoslashgan davlat universiteti bo‘lib, 1991-yilda tashkil etilgan. Unda asosan amaliy muhandislar, mehnat resurslari bo‘yicha mataxassislar va texnik ta’lim o‘qituvchilari tayyorlanadi. Nazariy bilim va amaliy mashg'ulotlar teng nisbatda (50:50) olib boriladi. 13 yil davomida JoongAng Ilbo reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida 1-oʻrinni egallagan. 2017-yilda Koreyaning yetakchi muhandislik oliy taʼlim muassasasi deb tan olingan.