“Mahoratli notiq” — ikkinchi mavsum nihoyasiga yetdi!
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘qituvchisi Komila Shoyimova tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan mazkur to‘garak yana bir muvaffaqiyatli mavsumni ortda qoldirdi.
Online + Offline formatdagi mashg‘ulotlar ishtirokchilarga qulay vaqtda ta’lim olish, o‘z nutqini rivojlantirish va notiqlik sari dadil qadam tashlash imkonini berdi.
Bu mavsum davomida ishtirokchilar:
Har bir ishtirokchi nutqidagi ijobiy o‘zgarishlarni his qilib, sahnaga yanada dadil chiqadigan darajaga yetdi!
Mavsum yakunida qatnashchilar sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu esa ularning mehnati, izlanishi va o‘z ustida ishlashiga munosib baho bo‘ldi.
“Mahoratli notiq”ning keyingi mavsumi yanada boyroq, qiziqarliroq va motivatsiyaga to‘la bo‘lishiga shubha yo‘q!