“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Termiz shahrida Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini futbol bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi o‘tkazildi. Unda hududdagi bir qator oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqa davomida jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuch va mahoratini namoyon qildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi a’lo o‘yin namoyish etib, munosib ravishda faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yuksak natija bilan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasini chin dildan tabriklaymiz!


