Universitetimizda Cambridge University Press and Assessment bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
TISUda Kembrij universiteti matbuot va baholash tashkiloti ( Cambridge university press and assessment) vakili Anil Bayir bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ingliz tilini o‘qitishda Kembrijning ilg‘or dasturlarini joriy etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda xalqaro darajada tan olingan sertifikatlar bo‘yicha test sinovlarini universitetning o‘zida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalarning til kompetensiyasini oshirish uchun Kembrij universitetining eng so‘nggi avlod o‘quv adabiyotlari va zamonaviy onlayn platformalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha shartnoma tuzish haqida kelishuvga erishildi. Mazkur hamkorlik natijasida universitetda ingliz tilini o‘qitishning eng zamonaviy metodologiyalari joriy etiladi. Eng muhimi, talabalarga bakalavr diplomi bilan bir qatorda Kembrij universiteti sertifikatlarini qo‘lga kiritish imkoniyati yaratiladi.
Bu esa universitetimizda til o‘qitish sifati va xalqaro tan olinuvchanlik darajasini yangi bosqichga olib chiqadi.
Ma'lumot o‘rnida: Cambridge University Press & Assessment — bu 2021-yilda Kembrij universiteti nashriyoti va Kembrij baholash bo‘limi birlashuvi natijasida tashkil topgan yagona tashkilotdir. U ta’lim, tadqiqot va baholash sohasida jahon yetakchilaridan biri bo‘lib, Kembrij universitetining ilmiy-ma’rifiy missiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Tashkilot ilmiy tadqiqotlar olib boradi, ilmiy jurnallar nashr etadi, shuningdek, Cambridge Assessment International Education fakulteti orqali xalqaro imtihonlar va ta’lim dasturlarini tashkil etadi.