Qizlar odobi – jamiyat ko‘zgusi

Qizlar odobi – jamiyat ko‘zgusi

  • 13.11.2025
  • 212
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni odob-ahloq, tashqi ko‘rinish va muomala madaniyatiga qoidalariga rioya qilishga chorlash maqsadida “Qizlar odobi – jamiyat ko‘zgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

Tadbirda universitetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raislari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet psixologi ishtirok etib, talaba-qizlarga motivatsion suhbatlar o‘tkazdilar. Ular muvaffaqiyat sari intilish, o‘z salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirish va jamiyatda faol, madaniyatli shaxs bo‘lish borasida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida tashqi ko‘rinish (dress-kod) va muomala madaniyatiga doir mavzularda fikr almashildi, talaba-qizlarda o‘zini hurmat qilish, jamiyat oldidagi mas’uliyatni his etish va sog‘lom fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga e’tibor qaratildi.