Ijtimoiy tarmoqlarsiz bir kun

Ijtimoiy tarmoqlarsiz bir kun

  • 12.11.2025
  • 212
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida Maktabgacha ta’lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi Laylo Norboyeva tomonidan “Ijtimoiy tarmoqlarsiz bir kunim” loyihasi o‘tkazildi.

 

Ushbu loyihada ishtirokchilar 10 soat davomida turli faoliyat turlariga jalb etildilar: ijodiy ishlar yaratish, kitob mutolaasi, shashka va shaxmat o‘yinlarida qatnashish, rassomchilik bilan shug‘ullanish hamda psixolog bilan individual suhbatlar o‘tkazish orqali o‘z irodalarini sinovdan o‘tkazdilar.

 

Kun yakunida ishtirokchilarning faoliyati baholandi, eng faol talabalar taqdirlandi.

 

“Ijtimoiy tarmoqlarsiz bir kunim” loyihasi yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Talabalar bu tashabbus ularga vaqtni to‘g‘ri boshqarish, real hayotdagi muloqot va ijodiy faoliyatdan zavq olish imkonini berganini ta’kidladilar.