"Ma'rifat maydoni" tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

"Ma'rifat maydoni" tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

  • 11.11.2025
  • 303
Blog Image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Ma’rifat maydoni” tanlovining fakultetlararo universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

Tanlov talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, adabiyotga qiziqishini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

 

Tadbir quyidagi shartlar asosida o‘tkazildi:
 “Adib hayoti” — atoqli adiblarning hayoti va ijodidan sahna ko‘rinishlari
 “Tezkor savol-javob” — adabiyot bo‘yicha bilim sinovi
 “Adiblar ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”

 

Bellashuv yakuniga ko‘ra:

1-o‘rin — Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti;

2-o‘rin — Tibbiyot fakulteti;

3-o‘rin — Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti egalladi.

 

G‘olib jamoalarni samimiy tabriklaymiz! Ularga tanlovning keyingi bosqichlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!