“Rektor stipendiyasi” g‘oliblari taqdirlandi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2025–2026-o‘quv yilining birinchi yarim yilligi uchun o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” tanlovi yakunlandi. Ushbu nufuzli stipendiya uchun universitetning 112 nafar bakalavriat talabalari hujjat topshirgan bo‘lib, tanlov komissiyasi tomonidan ularning 38 nafari g‘olib deb topildi.
Taqdirlash marosimida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, g‘olib talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbir davomida stipendiya sohiblariga maxsus sertifikatlar hamda ota-onalarga tashakkurnomalar topshirildi.
E’tiborlisi, 38 nafar g‘olib talabaning 29 nafari qizlar hisoblanadi. Bu esa O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ayollar va qizlarning ta’lim sohasida erkin ishtirok etishlari, ilm-fan yo‘nalishida faol bo‘lishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning yaqqol ifodasidir.
“Rektor stipendiyasi” sovrindorlariga 2025–2026-o‘quv yilining birinchi yarim yilligi — ya’ni sentabr–yanvar oylarida — har oyda 1 million so‘mdan stipendiya to‘lab boriladi.
Shuningdek, universitet tomonidan 2025- yilning o‘tgan davrida talabalarni rag‘batlantirish maqsadida 1 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan. Bu esa iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ta’lim jarayonida yanada faol ishtirok etishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Universitet jamoasi barcha g‘oliblarni chin dildan tabriklaydi va ularga ilm-fan yo‘lida yangi marralar, katta yutuqlar tilaydi!