“Tasviriy va amaliy san’at” to‘garagi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

“Tasviriy va amaliy san’at” to‘garagi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

  • 05.11.2025
  • 186
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Tasviriy va amaliy san’at” to‘garagini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga sertifikatlar topshirildi.

 

Ikki oy davom etgan mazkur to‘garak davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlarda — rangtasvir, somon san’ati, resin art (smola bilan ishlash) hamda dekorativ va amaliy san’at (diadema, taqinchoqlar va boshqalar yasash) asoslarini o‘rgandilar. Yakuniy mashg‘ulot doirasida talabalar tomonidan yaratilgan ijodiy asarlar ko‘rgazma shaklida namoyish etildi.

 

Tadbirda to‘garak rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning ijodiy ishlari yuqori baholandi. 

 

Universitet qoshida faoliyat yuritayotgan “Tasviriy va amaliy san’at” to‘garagi barcha san’at ixlosmandlarini o‘z safiga chorlaydi!