Koreya universitetlari bilan hamkorlik yoʻnalishlari kengaymoqda
Bugun Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Koreyaning nufuzli Seul va Sejong universitetlaridan delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar jarayonida sun'iy intellekt (AI), blokcheyn texnologiyalari va yozgi ta'lim dasturlari boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish borasida kelishuvlarga erishildi.
Tomonlar ta'lim sifati va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, raqamli texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy etish borasidagi tajribalar almashinuvi muhim ekanini ta'kidladilar.
.jpg)

.jpg)

