TISUda “Talabalar teatr studiyasi” tanlovi o‘tkazildi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yanada rivojlantirish, sahna madaniyati hamda badiiy ijodkorlikni targ‘ib etish maqsadida fakultetlararo “Talabalar teatr studiyasi” tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlovda universitetning barcha fakultetlari jamoalari faol ishtirok etib, o‘zbek adabiyoti durdonalari, zamonaviy sahna asarlari hamda ijtimoiy mazmundagi spektakllarni sahnalashtirdilar. Har bir chiqish o‘ziga xos sahna ko‘rinishlari, badiiy ifoda va talabalarning ijodiy yondashuvi bilan ajralib turdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin — Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti,
2-o‘rin — Tibbiyot fakulteti,
3-o‘rin — Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti jamoalariga nasib etdi.
Tadbir nafaqat talabalar ijodiy salohiyatini namoyish etish, balki ularning sahna madaniyati, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va badiiy mahoratini rivojlantirishga xizmat qildi.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalarning nafaqat ilmiy-intellektual salohiyatini, balki ularning madaniy va ma’naviy qobiliyatlarini ham qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda.