TISU talabasi xalqaro yoshlar uchrashuvida!
2025-yil 31-oktyabrdan 2-noyabrgacha Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi, UNOPS va Danish Institute for Human Rights hamkorligida EU Civil Society Facility – Central Asia dasturi doirasida "Youth Sounding Boards of Central Asia" mintaqaviy uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Yevropa Ittifoqi ko‘magida tashkil etilgan Yoshlar maslahat kengashi a’zosi sifatida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Davolash ishi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Faxriddin Shaymardanov ishtirok etmoqda.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlarining hamkorlik salohiyatini mustahkamlash, yoshlar siyosatini rivojlantirish hamda 2030-yilgacha mo‘ljallangan mintaqaviy strategiyani ishlab chiqishdan iborat.
Faxriddin Shaymardanov mazkur yig‘ilish doirasida O‘zbekiston yoshlari uchun 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy harakat rejasini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etmoqda.

