Qahramon sportchi bilan uchrashuv
Bugun jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari bilan yengil atletika sport turi bo‘yicha yurtimiz faxri — 3 karra Osiyo chempioni, 2016-yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Paraolimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi, 2025 yili Dehli shahrida o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibi, xalqaro toifadagi sport ustasi Faxriddin Xamrayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida sportchi yoshlarga o‘z tajribasi haqida so‘zlab, sportdagi ilk qadamlaridan tortib, olamshumul yutuqlarga erishguncha bo‘lgan safarini samimiy tarzda bayon etdi. Shuningdek, u mehnatsevarlik, intizom va sabr-toqat har qanday sohada muvaffaqiyat garovi ekanini ta'kidladi.
Tadbir ishtirokchilari mashhur sportchining hayotiy yo‘li va irodasidan katta ilhom oldilar. Uchrashuv yakunida Faxriddin Xamrayev yoshlarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va sport bilan muntazam shug‘ullanish zarurligini uqtirdi.