Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida universitet faoliyatining bir qator dolzarb masalalari muhokama qilindi. Jumladan:
Xalqaro aloqalar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va universitetni xalqaro nufuzli reytinglarga kiritish borasidagi chora-tadbirlar;
Axborot-resurs markazi faoliyatining samaradorligini oshirish masalalari;
Talabalarni ta’lim yo‘nalishlari va fanlar kesimida o‘quv hamda elektron adabiyotlar bilan ta’minlanganligi holati tahlil qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida universitetning ilmiy unvon olgan bir qator o‘qituvchilariga Oliy attestatsiya komissiyasining dotsentlik attestatlari tantanali ravishda topshirildi.
Yig‘ilish yakunida Kengash tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.


.jpg)

