Ochiq eshiklar kuni
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda harbiy qismlar hamkorligida Termiz tumanida joylashgan harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari harbiy xizmat sharoiti, harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyati, o‘quv binolari, harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun vatanparvarlik ruhidagi suhbatlar, jangovar chiqish dasturlari tashkil etildi.
Bunday tadbirlar yoshlarda Vatanga muhabbat, mas'uliyat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.