Indoneziya ta’lim universiteti delegatsiyasi Termiz iqtisodiyot va servis universitetida bo‘ldi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Indoneziya ta’lim universiteti (Universitas Pendidikan Indonesia — UPI) rektori, professor Didi Sukyadi boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.
Tashrif davomida mehmonlar universitetning moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonlari, zamonaviy laboratoriyalar, axborot-resurs markazi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Professor Didi Sukyadi Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yaratilgan o‘quv muhitini yuqori baholab, ikki oliygoh o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirdi.
.jpg)


