AKADEMIK A. A’ZAMOV BILAN UCHRASHUV

AKADEMIK A. A’ZAMOV BILAN UCHRASHUV

  • 27.10.2025
  • 182
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, V.I. Ramonovskiy nomidagi Matematika instituti olimi A. A’zamov bilan talabalarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir davomida akademik o‘z ilmiy faoliyati, matematika fanining hayotdagi ahamiyati hamda yoshlar uchun ilmga muhabbat haqida so‘z yuritdi.

— “Matematika — bu faqat raqamlar yig‘indisi emas, balki tartib, tafakkur va go‘zallikning o‘zidir”, — dedi A. A’zamov o‘z chiqishida.

 

Uchrashuvda talabalar olimga ilm, mehnat va muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida savollar berishdi. Akademik esa har bir savolga hayotiy misollar bilan javob qaytardi.