Texnologik innovatsiyalar orqali til o‘qitish samaradorligi oshirilmoqda
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti qoshidagi Eduhub o‘quv markazida “Texnologik innovatsiyalar orqali til o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusida trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur trening Eduhub jamoasi a’zolari hamda Indoneziyalik malakali mutaxassislar hamkorligida tashkil etildi. Tadbir davomida zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, xorijiy til o‘qitish metodikasini takomillashtirish va o‘quv samaradorligini oshirish borasidagi ilg‘or tajribalar muhokama qilindi.
Trening ishtirokchilari zamonaviy raqamli vositalardan samarali foydalanish, interfaol metodlarni dars jarayoniga integratsiya qilish, shuningdek, talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.



