TISUda rektor va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

TISUda rektor va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

  • 24.10.2025
  • 20
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalarning muammolarini muhokama qilish, ularning taklif va tashabbuslarini tinglash maqsadida rektor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori A. Absamatov, professor-o'qituvchilar hamda turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdilar.

 

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar, rahbariyat esa har bir taklifni e’tibor bilan tinglab, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdi.

Bunday uchrashuvlar talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ochiq muloqot muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.