Indoneziyalik mutaxassislar TISUda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Indoneziya ta’lim universitetidan tashrif buyurgan sport tibbiyoti sohasidagi mutaxassislar — katta o‘qituvchilar Pipit Pitriani hamda Kurnia Eka Wijayanti ishtirokida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari uchun qiziqarli va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotlar “Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sport fiziologik tibbiy asoslari” fanidan o‘tkazilib, talabalar uchun nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qildi.
Tashrif buyurgan mutaxassislar sport mashg‘ulotlari jarayonida inson organizmida kechadigan fiziologik o‘zgarishlar, sportchining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Dars jarayonida talabalar amaliy kuzatuvlar, interfaol mashqlar va fiziologik testlar orqali o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.