“Beshta muhim tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari

“Beshta muhim tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari

  • 23.10.2025
  • 19
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularni sportga keng jalb etish maqsadida “Beshta muhim tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalariga start berildi.

 

Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichi — saralash bellashuvlari universitetning zamonaviy sport majmualarida qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

 

Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha tashkil etildi:

  •  Mini-futbol (o‘g‘il bolalar o‘rtasida);
  •  Voleybol (qizlar o‘rtasida);
  •  Stol tennisi (o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida);
  •  Stritbol (o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida);
  •  Yengil atletika (o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida);

 

Musobaqalar davomida talabalar turli sport turlari bo‘yicha o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviylik ruhini namoyon etishdi. Bellashuvlar ko‘tarinki kayfiyat va do‘stona raqobat muhitida o‘tdi.

 

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar hamda ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.