Ona tili - millat faxri

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim nazariyasi hamda Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedralari tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Dastur davomida talabalar tomonidan badiiy chiqishlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ona tilimizning boy tarixiy ildizlari, uning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari buyuk allomalar, adib va shoirlarning ona tili haqidagi fikrlarini yoddan o‘qib, tinglovchilar qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishdi.