Ona tili — millat ko‘zgusi

Ona tili — millat ko‘zgusi

  • 21.10.2025
  • 13
Blog Image

Bugun erta tongdan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan  buyuk shoir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etishdi.

 

 Tadbirda soha vakillari, shoirlar, adabiyotshunoslar hamda oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishdi. Marosimda so‘zga chiqqan Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari I. Saparov davlatimiz rahbarining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

 

 Tadbir davomida ona tilimiz madhiga bag‘ishlangan she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.