“Obod yurt” shiori ostida ekologik plogging aksiyasi o‘tkazildi

“Obod yurt” shiori ostida ekologik plogging aksiyasi o‘tkazildi

  • 20.10.2025
  • 15
Blog Image

18-oktabr kuni Surxondaryo viloyatida Tozalik oyligi doirasida “Obod yurt” shiori ostida keng ko‘lamli ekologik plogging aksiyasi tashkil etildi. Tadbirda viloyatning turli soha vakillari bilan bir qatorda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari ham faol ishtirok etdilar.

 

Aksiya davomida ishtirokchilar atrof-muhitni tozalash, chiqindilarni yig‘ish hamda ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan amaliy ishlarni amalga oshirdilar. 

Ma'lumot uchun:

Ekologik plogging — bu sport va ekologiyani birlashtirgan foydali harakat bo‘lib, unda odamlar yugurish yoki piyoda yurish paytida atrofdagi chiqindilarni yig‘ib boradilar.