Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakultetida "Xavfsiz kibermakon" nomli tadbir o'tkazildi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakultetida "Xavfsiz kibermakon" nomli tadbir o'tkazildi

  • 20.10.2025
  • 13
Blog Image

Unda Termiz shahar  prokurori oʻrinbosari Komil Hazratqulov va viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi Anvar Yalgʻashovlar soʻzga chiqib, yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan turli huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari toʻgʻrisida ma'ruza qildi.

 

Shuningdek, bugungi kunda, viloyatimiz hududida sodir etilayotgan jinoyatlar orasida internet va kompyuter texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlar nisbati keskin oshib borayotganligini ta'kidlandi.

 

Tadbirda ishtirokchilarga mavzuga doir videorolik namoyish etilib, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan flayer tarqatildi.