"Rektor stipendiyasi"ga talabgorlar saralanmoqda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Rektor stipendiyasi” joriy etilgan bo'lib, ushbu stipendiya har semestr yakuni bo'yicha 50 nafar iqtidorli talabalarga berilishi belgilangan.
Bugun nomzodlarni belgilangan mezonlar asosida baholash uchun tuzilgan komissiya tomonidan 160 nafar talabgorlarning hujjatlari ko‘rib chiqildi. Ular orasidan munosib nomzodlar tanlab olingach, tez orada stipendiya sohiblari ro‘yxati e'lon qilinadi.