TISUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

TISUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

  • 10.10.2025
  • 94
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “Tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

 

Mazkur konferensiya tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.

 

Konferensiyada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Tojikiston  kabi davlatlardan taniqli olimlar, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqda:

 

  • Igor Leonovich Kopylov — Belarussiya Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi Belarus madaniyati, tili va adabiyoti tadqiqot markazining Yakub Kolas nomidagi Tilshunoslik instituti direktori;

 

  • Ivan Vasilievich Saverchenko — Yanka Kupala nomidagi Adabiyotshunoslik instituti direktori;

 

  • Golubeva Kristina Grigoryevna — N.A. Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti o‘qituvchisi;
  • Po‘yon Uralovich Bakirov — filologiya fanlari doktori, Termiz davlat universiteti professori;

 

  • Irina Vladimirovna Suljina — Rossiya Federatsiyasi Elchixonasi huzuridagi Rossotrudnichestvo vakolatxonasining ta’lim dasturlari koordinatori;

 

  • Eradj Begijonovich Boyev — tarix fanlari nomzodi, N.A. Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti Sharqshunoslik ilmiy-ta’limiy markazi direktori;

 

  • Irina Vladimirovna Yelintseva — filologiya fanlari nomzodi, Yakub Kolas nomidagi Tilshunoslik institutining belarus-rus til aloqalari bo‘limi mudiri;

 

  • Galina Borisovna Yesenova — filologiya fanlari nomzodi, B.B. Gorodovikov nomidagi Qalmoq davlat universitetining ilmiy bo‘limi yetakchi mutaxassisi;

 

  • Xusrav Jamshidovich Shambezoda — filologiya fanlari doktori, Rossiya–Tojikiston (Slavyan) universitetining nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi professori;

 

  • Azim Sodiqovich Aminov — filologiya fanlari nomzodi, Rossiya–Tojikiston (Slavyan) universiteti dotsenti.

Shuningdek, Qo‘qon davlat universiteti va Yodju texnika institutidan ham professor-o‘qituvchilar ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashmoqda.

 

Mazkur ilmiy anjuman tilshunoslik va adabiyotshunoslik yo‘nalishlarida ilmiy fikr almashish, yangi tadqiqot yo‘nalishlarini shakllantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda turli davlatlar olimlari o‘rtasida akademik hamkorlikni mustahkamlashda muhim omil sifatida xizmat qilmoqda.

 

Anjuman doirasida tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar tinglanmoqda:

  • Zamonaviy rus tili: holati va rivojlanish tendensiyalari;
  • Rus tili va boshqa tillarni qiyosiy o‘rganish muammolari;
  • Rus tilini maktab va oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish metodikasining nazariy va amaliy jihatlari;
  • Kommunikativ tilshunoslikning dolzarb masalalari;
  • Tarjima nazariyasi: muammolar va ularning yechimlari;
  • Adabiyotshunoslik nazariyasi va tarixi;
  • Xalqlararo adabiy aloqalar;
  • Jahon klassik adabiyoti va uning zamonaviy talqinlari.

 

Bundan tashqari, konferensiya doirasida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish, qo‘shma nashrlar va kelgusidagi ilmiy hamkorliklarni rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.