Belarus delegatsiyasi vakillari talabalarga ma’ruza o‘tmoqda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy olimlar ishtirokida o‘quv jarayonlari faol davom etmoqda. Xususan, Belarus delegatsiyasi vakillari universitet talabalari uchun o‘z sohalari bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Bugun Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili yo‘nalishi talabalari uchun Golubeva Kristina Grigoryevna — N.A. Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti o‘qituvchisi tomonidan zamonaviy rus tili fanidan “Rus tilidagi so‘zlarda urg‘u: eslab qolish uchun mnemotexnik usullar” mavzusida qiziqarli va mazmunli ma’ruza o‘tkazildi.
Ma’ruza davomida til o‘rganish jarayonida urg‘u qo‘yishning ahamiyati, rus tilidagi urg‘u tizimining murakkab jihatlari hamda ularni oson eslab qolish uchun qo‘llaniladigan mnemotexnik usullar haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar o‘rganilgan nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.