Sog‘lom hayot sari — sport bilan birga!

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari ishtirokida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini futbol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Ushbu sport tadbiri talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborini oshirish, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqalar jarayonida talabalar o‘zlarining jismoniy faolligi va sport mahoratini namoyon etdilar. O‘yinda g‘alaba qozonishdan tashqari, do‘stlik va hamjihatlik muhitini yaratish ham asosiy maqsadlardan biri bo‘ldi.
Bunday tadbirlar yoshlarni har tomonlama sog‘lom va faol hayot tarziga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.