TISUda “Yoshlarni hayotga tayyorlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

TISUda “Yoshlarni hayotga tayyorlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

  • 09.10.2025
  • 43
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talaba qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni hayotga tayyorlash va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida “Yoshlarni hayotga tayyorlash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet psixologi S. Xudayarova hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M. Norbosheva ishtirok etib, o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdilar.

 

Suhbat davomida talaba qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning bilim olish, kasb egallash va mustaqil hayotga tayyorlanish jarayonidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, oilaviy hayotga kirishishdan oldin e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar, turmushda uchrashi mumkin bo‘lgan psixologik holatlar va ularning yechimlarini topish borasida foydali maslahatlar berildi.

 

Bundan tashqari, universitetda “Hayotga tayyorlov” o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Ushbu kurslarda psixolog, reproduktolog, oilaviy munosabatlar bo‘yicha ekspertlar va boshqa mutaxassislar ishtirok etib, talaba qizlarga zarur bilim va ko‘nikmalarni berishadi. Kurs yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilishi ko‘zda tutilgan.