Belarus delegatsiyasi TISU MED HUB faoliyatini yuqori baholadi

Belarussiya Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi Belarus madaniyati, tili va adabiyoti tadqiqot markazining Yakub Kolas nomidagi Tilshunoslik instituti direktori Igor Kopylov hamda Yanka Kupala nomidagi Adabiyotshunoslik instituti direktori Ivan Saverchenkolar Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga rasmiy tashrifi davomida universitetning Tibbiyot fakulteti hamda TISU MED HUB klinikasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Ular o‘quv jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilishi, zamonaviy laboratoriyalar va tibbiyot sohasida joriy etilgan innovatsion yondashuvlarga qiziqish bildirishdi. Shu bilan birga, Universitetida yaratilgan sharoitlar, ilmiy-tadqiqot imkoniyatlari hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadilar.