Belarus olimlari TISUda

Belarussiya Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi Belarus madaniyati, tili va adabiyoti tadqiqot markazining Yakub Kolas nomidagi Tilshunoslik instituti direktori Igor Leonovich Kopylov hamda Yanka Kupala nomidagi Adabiyotshunoslik instituti direktori Ivan Vasilievich Saverchenkolar Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga rasmiy tashrif bilan kelishdi.
Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida ta’lim va ilmiy sohada hamkorlik aloqalarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, universitet hamda Yakub Kolas nomidagi Tilshunoslik instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, til va adabiyot sohasidagi tajriba almashinuvini mustahkamlashga xizmat qiladi.