TISU talabalari respublika tanlovida g‘olib bo‘lishdi

TISU talabalari respublika tanlovida g‘olib bo‘lishdi

  • 08.10.2025
  • 65
Blog Image

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 2025-yil davomida tashkil etilgan keng qamrovli respublika tanlovining  tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur tadbir doirasida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 1-, 2- va 3-mavsumlari, shuningdek, “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” hamda “Eng yaxshi esselar” yo‘nalishlari bo‘yicha respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

 

Tantanali marosimda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining faol va iqtidorli talabalari ham ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

 

 Tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari:

Imomqulov Baxtiyor Ilxom o‘g‘li, Tibbiyot fakulteti 2-bosqich talabasi;

Xurramov Mustafo Raxim o‘g‘li, Tibbiyot fakulteti 4-bosqich talabasi;

 

Ushbu yutuqlar nafaqat talabalarning kitobxonlik madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini, balki ularning ma’naviy barkamollik va intellektual rivojlanish yo‘lidagi faoliyatini ham namoyon etadi.