Xalqaro hamkorlik yo‘lida: Indoneziya Ta’lim universiteti professorlari TISUda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Indoneziya Ta’lim universiteti (Universitas Pendidikan Indonesia)dan sport tibbiyoti sohasidagi mutaxassislar — Dr. Lucky va Dr. Wibowo tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlar universitet binosi, o‘quv auditoriyalari hamda zamonaviy ta’lim sharoitlari bilan tanishtirildi. Ular universitetdagi mavjud imkoniyatlar, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or uslublar va dars o‘tish tizimi haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Shuningdek, professorlar tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishlari rejalashtirilgan. Ushbu tashrif ikki oliygoh o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va sport tibbiyoti sohasida yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.