TISU talabalari “Talaba – Yugur” ommaviy yugurish musobaqasida faol ishtirok etishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Termiz shahrida “Talaba – Yugur” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni jismoniy faollikka jalb etish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdir.
Mazkur sport loyihasida Termiz iqtisodiyot va servis universitetining tashabbuskor va faol talabalari ham ishtirok etishdi.
Bunday ommaviy sport tadbirlari talaba-yoshlarni muntazam ravishda jismoniy faol bo‘lishga undash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda sog‘lom hayot tarzini odat sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.