TISUda “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi oyligi
O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab 15-sentabrdan 15-oktabrgacha “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi oyligi e’lon qilingan bo‘lib, uning doirasida yurtimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Mazkur oylik doirasida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ham talabalarning yong‘in xavfsizligi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Xususan, Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda Termiz shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mas’ul xodimlari hamkorligida talabalar uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari, yong‘in sodir bo‘lgan holatda harakatlanish tartibi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari va profilaktik chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida yong‘in xavfsizligi vositalaridan foydalanish, ularni to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘rgazmalar namoyish etildi. Talabalar mutaxassislar ishtirokida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.



