O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlanmoqda

O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlanmoqda

  • 02.10.2025
  • 293
Blog Image

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Termiz shahridagi “Mumtoz” to‘yxonasida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

 

Tantanali yig‘ilish universitet rektori Anvar Absamatovning samimiy va iliq tabrik so‘zi bilan boshlandi. U o‘qituvchilik kasbining ulug‘ligi, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos xizmatlarni ta’kidlab, barcha pedagoglarga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va ilmiy-ijodiy yutuqlar tiladi.

 

Bayram tadbirida o‘zining fidokorona mehnati, ilmiy va pedagogik faoliyati bilan ajralib turgan faol professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar munosib taqdirlandi. 

 

Ularga minnatdorlik va ehtirom ifodasi sifatida esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

 

O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbiri el suygan san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari jo‘rligida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.