Termizdagi ikki universitet o‘rtasida yangi hamkorlik bosqichi boshlandi
Bugun Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda Termiz davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjatni Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori Absamatov Anvar Ergashevich hamda Termiz davlat universiteti rektori Toshqulov Abduqodir Hamidovichlar imzolashdi.
Asosan, ta’lim va ilmiy faoliyatda ilg‘or tajribalarni almashish, akademik salohiyatni yuksaltirish, qo‘shma seminar, konferensiya va loyihalarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasida kelishuvlarga erishildi.
Imzolangan memorandum ikki oliygoh o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, nafaqat ta’lim sifati, balki ilmiy izlanishlar samaradorligini ham oshirishga xizmat qiladi.

